Özbekistonda davlat sudlari bilan bir qatorda nodavlat organi bölgan Hakamlik sudlari ham faoliyat yuritadi. 

Hakamlik sudlari fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib çiquvçi nizolarni, şu jumladan tadbirkorlik sub'yektlari örtasida vujudga keluvçi iqtisodiy nizolarni hal etadi. Hakamlik sudlari ma'muriy, oila va mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib çiquvçi nizolarni körib çiqmaydi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi kanali.

Nizo hakamlik sudiga berilişi uçun taraflar nizoni hakamlik sudiga beriş haqida kelişuv imzolagan bölişlari kerak. Bunday kelişuv hatto Fuqarolik yoki Iqtisodiy sudda körilayotgan nizoga nisbatan ham sudning hal qiluv qarori qabul qilguniga qadar tuzilişi va nizo davlat sudidan olinib, hal etiş uçun Hakamlik sudiga berilişi mumkin. 

Hakamlik sudlarida davlat boji yöq. Nizoni hakamlik sudida hal qiliş bilan boğliq xarajatlar hakamlik sudyalarining gonorarlari va boşqa xarajatlardan iborat bölib, tölovlar miqdori odatda doimiy faoliyat körsatuvçi hakamlik sudining qoidalarida, Muvaqqat (vaqtinçalik) hakamlik sudida esa taraflar kelişuvi böyiça hakamlik sudi tomonidan belgilanadi.

Davlat sudlari Hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan aniqlangan holatlarni tekşirişga yoki hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta körib çiqişga haqli emas. Ya'ni, Hakamlik sudining qarorini davlat sudi faqat protsessual asoslarga köra bekor qilişi mumkin.

Hakamlik sudining hal qiluv qarori ham xuddi davlat sudlarining hal qiluv qarori kabi ixtiyoriy yoki majburiy ijro etiladi. Bunda ijro varaqasini davlat sudi beradi.