Qozoğistonning Çimkent şahrida bölib ötgan töy uçun oğirligi 150 kilogramm keluvçi haşamatli tort tayyorlandi, deb xabar bermoqda otyrar.kz
Youtube’da e'lon qilingan videoda juda katta oq-puşti rangdagi tortni köriş mumkin, uni maxsus taglikda birdaniga olti ofitsiant olib kirgan. Tortning oğirligi 150 kilogramm keladi, balandligi esa taglik bilan qöşib hisoblaganda – taxminan 2,5 metr. Bunday qandolat şedevri ön qavatdan iborat.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 18 yanvar kuni Çimkentda mahalliy oligarx Serikjan Seytjanovning nabirasi – Amirjon hamda qozoğistonlik tadbirkor, Qozoğiston prezidentining qarindoşi Qayrat Sotiboldining qizi – Arujanning töyi uçun 179 ming dollarlik tort tayyorlangani xabar berilgandi.











