Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi mamlakatda göşt narxining oşiş sabablariga aniqlik kiritdi.

Ta'kidlanişiça, viloyatlar va tumanlarda çorvaçilik mahsulotlarini yetiştiriş va qayta işlaş komplekslarining yetarli darajada rivojlanmagani, fermer va dehqon xöjaliklarining mahsuldor çorva mollari bilan ta'minlanmagani hamda mahsuldor çorva mollarini yetiştiriş sohasidagi ilmiy izlanişlarning yetişmasligi göşt va göşt mahsulotlari narxining oşib ketişiga olib kelmoqda, deb yozadi ÖzA.

Ozuqa-yem mahsulotlarini yetiştiriş uçun yer maydonlarining yetişmasligi, yerlarning şörlanişi, ozuqa-yem mahsulotlari tannarxining yuqoriligi, realizatsiya qilişdagi “vositaçilar”ning köpligi ham göşt mahsulotlari narxining qimmatlaşuviga sabab bölmoqda.

Ma'lumot uçun: 2017 yilda mol göşti 35,9 foizga, qöy göşti – 31,4 foizga, parranda göşti – 33,1 foizga oşgan.