Islom Karimov nomidagi Toşkent davlat texnika universiteti texnika yönalişlari böyiça mutaxassis kadrlar tayyorlovçi yetakçi oliy öquv yurtlardan biri böliş bilan birga fan va işlab çiqariş integratsiyasini amalga oşirayotgan yirik ilmiy-tadqiqot maskani hamdir, deb yozadi ÖzA.
Sönggi yillarda universitetda yaratilgan ikki yuzdan ortiq ixtiro amaliyotga joriy etilgan.
Universitetning elektronika va avtomatika fakulteti 3-kurs talabasi Azizjon Ergaşev “aqlli issiqxona” deb nomlangan ixtirosi bilan köpçilikning e'tiboriga tuşgan.
U yaratgan qurilma issiqxona içidagi havo harorati va namligini hamda quyoş yoruğlik darajasini bir me'yorda uşlab turişga möljallangan. Qurilmada harorat va namlikni, yoruğlik darajasini ölçovçi maxsus datçiklar mavjud. Agar havo harorati tuşib ketsa, isitiş peçlari avtomatik tarzda işga tuşadi, agar harorat şunda ham me'yorga kelmasa, ovozli xabar orqali ogohlantiradi. Harorat me'yorda bölganda esa peçlar avtomatik öçiriladi. Agar xona harorati me'yordan ortib ketsa, “aqlli issiqxona” oynalarini özi oçadi. Şunda ham harorat oşişi davom etsa, ventilyatsiya tizimi işga tuşib, havoni sovitiş jarayoni boşlanadi.
Tuproq namligi pasayganini aniqlagan qurilma avtomatik tarzda suğoriş işlarini amalga oşiradi. “Aqlli issiqxona” tomidagi pardalar esa quyoş yoruğlik darajasi oşganda qöl keladi. Barça ma'lumotlarni qurilma va kompyuter monitorlarida körib turiş imkoni mavjud. Qurilma sodda tuzilgan, özbek tilida işlab, pult orqali boşqariladi.
– Mazkur işlanma X Innovatsion ğoyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida namoyiş etilib, olimlar va iştirokçilarning e'tiboriga sazovor böldi, – deydi Azizjon Ergaşev. – Şu bois ixtironi joriy yilda amaliyotga tatbiq etiş ustida iş olib borilmoqda. Kelajakda mazkur ixtironi yanada takomillaştirib, issiqxonaning barça ma'lumotlarini mobil telefon orqali köriş va boşqarişni, uning quyoş batareyalari orqali işlaşini ta'minlamoqçimiz.











