Toyota kompaniyasi maşinalaridagi xavfsizlik yostiqçalari bilan yuzaga kelgan muammo sababli butun dunyo böylab 645 mingtaga yaqin avtomobilini qaytarib olmoqda. Bu haqda kompaniyaning AQŞdagi filiali bayonotida aytilgan.
2015 yil may oyidan 2016 yil mart oyigaça işlab çiqarilgan Toyota Prius sedani hamda Lexus RX va Lexus NX krossoverlari qaytarib olmoqda.
Toyota’da ta'kidlanişiça, bu modellardagi nosozlik tufayli qisqa tutaşuv yuz berişi va buning oqibatida xavfsizlik yostiqçalari avariya vaqtida oçilmay qolişi mumkin. Bu nosozlik xavfsizlik yostiqçalaridagi muammo sababli mojaro markazida qolgan Takata firmasining xavfsizlik yostiqçalari bilan boğlanmagan. Toyota nosozlikni bepul bartaraf etişni öz zimmasiga oldi. Kompaniyaga uşbu nosozlik tufayli biror kor-hol yuz bergani ma'lum emas.
Toyota yanvarda Takata xavfsizlik yostiqçalaridagi muammolar sababli Şimoliy Amerikadan 600 mingdan köproq avtomobilini qaytarib olişga majbur bölgandi. Bu muammo sababli xavfsizlik yostiqçalari avariya vaqtida töğri oçilmay, avtomobildagi odamlarga metall bölaklarini otişi mumkin bölgan.












