Özbekiston Respublikasi va Quvayt arab iqtisodiy rivojlaniş fondi örtasida 30 million dollarlik zayom şartnomasi imzolandi. Bu haqida Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Şartnomada qayd etilgan mablağlar "Qişloq joylarda zarur muhandislik, kommunikatsion va yöl-transport infratuzilmasiga ega turar-joylar qurilişini rivojlantiriş" loyihasini amalga oşirişga yönaltiriladi. 

Hujjat Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Uy-joy va kommunal xizmatlar, Soğliqni saqlaş, Iqtisodiyot, Moliya vazirliklari, Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi va boşqa joylarda ötgan qator uçraşuv va muzokaralardan söng imzolangan. 

Ta'kidlaş joizki, loyiha doirasida respublikadagi 138 km yölak va massivlararo yöllar, 198 km suv quvurlari tarmoqlari, 151 km elektr ta'minoti tarmoqlari, 151 km gaz va ijtimoiy ta'minot tarmoqlari hamda bozor obektlari qurilişi közda tutilmoqda.