Jyeff Bezosning boyligi Amazon.com Inc hisoboti e'lon qilingani fonida keskin ortdi. U 6 mlrd dollardan köproq işlab oldi, deb xabar qilmoqda Bloomberg. Uning kompaniyasi bayramlardagi sotuvlar böyiça sönggi sakkiz yil içida eng yaxşi natijani qayd etdi.

Keça, 1 fevral kuni Amazon törtinçi çorak uçun 1,86 mlrd miqdorida tarixdagi eng yirik daromad haqida hisobot berdi, bu yangilik fonida kompaniya aksiyalari qöşimça savdolar vaqtida 6 foizga ösdi, deya ta'kidlaydi Reuters. 

Bloomberg Billionaires Index reytingi har kuni savdolar yakunlanayotganda töğirlanadi, biroq payşanba, 1 fevral kuni, Bezosning boyligi qöşimça savdolar vaqtida (after hours) 116,4 mlrd dollardan 123 mlrd dollarga oşdi. Agarda bunday ösiş juma kuni ham saqlab qolinsa, uning boyligi Bloomberg reytingiga kiritiladi hamda bu yangi rekordga aylanadi. Bezosning sof aktivlari yanvarda hammasi bölib 17,4 mlrd dollarga ösdi, deb xabar qilmoqda Bloomberg öz hisob-kitoblariga tayangan holda.