KUN.UZ tahririyatiga Toşkent viloyati Örtaçirçiq tumanida 2013-2015 yillarda barpo etilgan namunali uylarda istiqomat qiluvçi fuqarolardan şikoyatlar kelib tuşdi. Tahririyat muxbiri holatni örganiş maqsadida dastavval Örtaçirçiq tumani “Yangi hayot” MFY Ziyokor köçasida qurilgan namunali uylar bilan tanişdi. Xöş, bu yerda istiqomat qiluvçi fuqarolar nimalardan nolişmoqda?

Ularning aytişlariça, garçi loyiha böyiça uylarning atrofi obodonlaştirilişi, uylarning köçaga yondoş hududlarida beton suvoqizgiçlar örnatilişi, kanalizatsiya tarmoğiga ulanişi kerak bölsa-da, bu işlar amalga oşirilmagan, ölda-jölda qolib ketilgan. 

Namunali uylar bir vaqtlar paxtani tozalaş zavodi hududida barpo etilgani bois, hozir ham ayrim uylarning hovlisida zavoddan qolgan “yodgorliklar” – asfalt qoplamalar bor. Aslida, pudratçilar bu qoplamalarni olib taşlaşi hamda örniga tuproq töldirişi ham lozim edi. Ba'zi xonadonlar bu işlarni öz kuçlari amalga oşirgan. Quruvçilar tomonidan kovlab olingan asfalt qoplamasi esa, katta qatnov yöli tomonidan körinmaydigan Ziyokor köçasining orqa tomoniga tökilgan. Içimlik suvi masalasi ham ijobiy hal etilmagan. Yaqindagina fuqarolarning özlari taşabbus körsatib, içimlik suvi quvurini boşqa tarmoqqa ulaşgan. Uylar devorlarining yorilib ketganini aytmay qöya qolaylik. Şu bilan birga, aksariyat uy egalarida, garçi ular kredit böyiça tölovlarni amalga oşirib kelayotganlariga qaramay, kadastr hujjatlari mavjud emas.

Aholi bir neça köça orqali katta yölga çiqiş imkoniyati bölişi kerak edi. Ammo bu yerga kirgan inson mahallani bir aylanib yana şu yerdan çiqib ketişga majbur. Tumanning sobiq boş arxitektori Ubaydulla Boltaboyevga qaraşli ekani aytilgan bino boşqa bir yölni tösib qöygan. Quriliş standartiga umuman javob bermaydigan (e'tibor bering, yirik gaz quvuri bino devori orasida qolib ketgan), qolaversa, loyihada yöl bölişi közda tutilgan joyda bir neçta bino barpo etilgani kişini ajablantirdi. Qolaversa, namunali uylarda istiqomat qilayotgan aholi köçaga bino qurmaslikni sörab Ubaydulla Boltaboyevga murojaat qilişganida, kimga borsanglar, boraveringlar, deya javob qilgan. Mutaxassisligi arxitektor bölgan kişining qonunni mensimasligi nimadan dalolat beradi? Yoki Boltaboyevga Özbekiston qonunlari bir çaqami? Albatta, bu masalani kerakli idoralar qonuniy örganib, çora körişlariga işonç bildirib qolamiz.