31 yanvar kuni qişki transferlar dariçasi yopildi. 1 yanvar kuni boşlangan transferlar oyida jamoalar avvalgi yillardagiga qaraganda faollik körsatişdi. Xususan, ingliz klublari transferlar uçun jami 430 million funtdan ortiq mablağ sarflab, rekordni yangilaşdi.
Quyida yanvar oyida amalga oşirilgan 10ta asosiy transfer keltiriladi.
10. Uolkott «Everton»da

«Everton» yanvarda 3 futbolçi oldi - dastlab «Beşiktoş»dan Jyenk Tösun 27 mln funt evaziga transfer qilindi, u ötgan yil yozida «MYu»ga ketgan Romelu Lukaku örnini töldirişi közda tutilgan. Keyinroq yanada jiddiy transfer amalga oşirildi - «Arsenal»dan Teo Uolkott 20 mln funt evaziga olib kelindi. 2006 yildan buyon London klubida töp surib kelgan Teoni «yangi Anri» deb ataşgandi. U 2010-2013 yillarda jamoaning asosiy futbolçisiga aylandi, ammo keyingi yillarda jarohatlar uning öyini pasayişiga sababçi böldi, u 14 raqamida öynasada, Anrining örnini bosa olmadi va «imi-jimida» jamoani tark etdi (u tunda, jamoa bazasida heç kim yöqligida, buyumlarini çiqindilar uçun möljallangan idişga solib Liverpulga ketişiga töğri keldi, u jamoadoşlari bilan xayrlaşişga ham ulgurmadi).
«Arsenal»da qayta quriş davri boşlandi. Jamoani Uolkottdan taşqari Aleksis Sançes, Jiru, Debyuşi, Koklen ham tark etdi. Ularning örniga Mxitaryan va Obameyang (Sançesdan böşagan 7 raqamini Mxitaryan, Uolkottdan böşagan 14 raqamini Obameyang oldi) keldi, Özil va Uilşer bilan şartnomalar uzaytirildi.
Uolkott jamoaga kelişi bilan asosiy yetakçiga aylanib oldi. Ötgan turda ilk bor kök libosni kiygan futbolçi «Vest Bromviç» darvozasiga urilgan yagona golga assisentlik qilgandi. «Lester»ga qarşi 25-tur öyinida esa, uning ikki goli «Everton»ga ğalaba olib keldi.
Liverpulliklar jamoasi oxirgi soatlarda «Mançester Siti»dan Eliakim Mangalyani mavsum oxiriga qadar ijaraga oldi.
9. «Barselona»da yana bir lotin amerikalik

Samuel Umtitining kutilmaganda safdan çiqişi va Xaver Maskeranoning yanvarda jamoani tark etişi mumkinligi, hozirda maydonga tuşayotgan Tomas Vermalenning istalgan paytda jarohatlanib qoliş odati «Barselona»ni yanvar oyidayoq markaziy himoyaçi sotib olişga undadi.



















