Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda bir videotasvir tarqadi. Unda huquq-tartibot organlari ötkazgan tadbirda jamiyat hamda soğlom avlodning kuşandalari – fohişalarning qölga olingani haqida söz borgan. Aniqlanişiça, ular ijtimoiy tarmoqlarga uya qurib, xususan, “telegram”ga özlarining behayo suratlarini joylaş orqali mijoz qidirgan va navbatdagi mijozni ovlamoqçi bölgan çoğda jinoyat ustida qölga olingan.
Bunday hodisani eşitgan kişining uyalganidan yuzi qizarib ketadi. Ularning yuz terisi nimadan ekan, tavba qildik. Özi bu kabi şarmandalik qaçondan boşlab jamiyatimizga suqilib kirdi? Axir millatimizning tiynati pokligidan odamlarimiz unday buzuqi narsalarni xayol ham qilmaydi-ku! Gunoh, razolat tufayli yurtdan baraka qoçadi...
Ular özlariça yengil-yelpi yöllar bilan pul topmoqçi bölib, bu kabi harom işlarni özlariga kasb qilib olibdi. Axir dunyosi va oxirati haqida qayğurmaydimi? Bu dunyoda şarmanda-yu şarmisor bölib, oxiratda esa, alamli azobga uçraşidan qörqmaydimi? Ularning umri şu qadar uzunmi?.. Arzimagan pulni deb, dunyoyu oxiratini sotiş misli körilmagan nodonlik, johillikdir. Ular bu işlari bilan nafaqat özlarining insonlik şa'nini oyoq osti qilyapti, balki ösib kelayotgan yoş avlodning tarbiyasiga ham salbiy ta'sir körsatmoqda. Axir ijtimoiy tarmoqlarda hozir kim köp? Yoşlar, albatta. Ular guldek pokiza yoşlarni yöldan urib, özlarining gunohlariga şerik qilişni niyat qilgan. Şuningdek, arzimagan pul uçun ota-ona, qarindoşlar, mahalla-köyning şa'niga tahdid qilayotir. Vatanining porloq kelajagiga hissa qöşiş örniga oyoğiga bolta urmoqçi. Darvoqe, nafsining quliga aylangan kimsalarda Vatanni seviş tuyğusi böladimi, özi?
Şariatimizda zino, eng oğir gunoh va şarmandalik işlardan hisoblanadi. Çunki bu jinoyatlarda insonning şa'nini toptaş, soğlom jamiyat qurişga xavf soliş bor. Zinoning natijasida nasl buziladi, kasalliklar köpayadi, yurtdan baraka qoçadi, taşlab ketilgan nogiron bolalar paydo böladi. Şuning uçun ham Islom dini zinokorlarga eng oğir jazolarni belgilab qöygan.
Islom dini beş narsani qattiq muhofaza qiladi: aql, nasl, jon, din, mol. Şuning uçun Alloh taolo ana şu beş narsaga tajovuz qilganlarga dunyoyu oxiratda qattiq jazo borligi haqida ham ogohlantirib: «Zinoga yaqinlaşmanglar. Çunki bu buzuqlik va eng yomon yöldir» (Isro surasi, 32- oyat), deb buyuradi.
Nur surasida esa: «Zinokor ayol va zinokor erkak – ulardan har biriga yuz darradan uringlar...» - deb, ularning bu qilmişlariga beriladigan jazo naqadar oğirligini aytadi.
Oyati karimaning davomida esa:










