Zamon taraqqiylaşgani sari, barça sohalarda ham jadallik, qulaylik va yangiliklar közga taşlanib boraveradi. Masalan, bugun qurilayotgan uylarning aksarida zamonaviy hammomlar yonida hojatxona unitazi ham örnatilmoqda. Buni şar'iy hukmi qanday böladi? Mana şu mazmundagi savol va uning javobi muxlis.uz saytida e'lon qilindi. Jumladan, savol egasi şunday deydi:

“Assalomu alaykum. Savolim şundan iborat: agar çömiladigan duşxonada unitaz ham qöyilgan bölsa, orasi tösilmagan holda bölsa, u xonada tahorat olsa, ğusl qilsa böladimi?”.

Uşbu savolga «Şayx Zayniddin» jome masjidi imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon öğli javob qaytargan.

“Va alaykum assalom. Aslida hojatxonada tahorat qiliş mumkin emas. Sababi u yerda najosat böladi. Yana bunday joylarda turli zikrlarni öqilmaydi. Ammo hozirda zamonaviy hammomlar yonida hojatxona ham qurilmoqda. Bunda hojatxonada kanalizatsiya bölib, u yerda najosat yiğilib turmasa, yana tuşgan najosat asari vaqtida suv bilan tozalab turilsa, unday joyda tahorat qiliş mumkin. Şunda ham hojatxona bilan hammom örtasiga biron tösiq qiliş afzal (devor bölişi şart emas). Mömin-musulmon banda hojatxona va hammomini pokiza tutadi, u yerdagi najosatlarni vaqtida tozalab turadi. Zero, poklik imondandir. 

Tahorat qiladigan joy pokiza bölsa, yerga tuşib libosga saçragan suvning zarari yöq. Ammo nopok joyda tahorat qilinsa, jumladan, hammom nopok holda bölib, saçragan suv libosga teksa, uni iflos qiladi. 

Ulamolar pokiza hammomda “bismillah” deyiş joizligini aytişgan. Aslida imkonini topgan odam hammom taşqarisida tahorat qilgani afzal, deyiladi. Ammo pokiza hammomlarda tahorat qilişning heç qanday karohati yöq. 

Xullas, aslida tagida najosat yiğilib turadigan hojatxona va boşqa nopok joylarda tahorat qilinmaydi. Ammo hojatxonada kanalizatsiya bölib, tuşgan najosat vaqtida suv bilan tozalab turilsa, u endi hojatxona hukmida emas. Bunday joyda tahorat yoki ğusl qilsa böladi. Aniqroği, mana şunday sifatga ega hojatxonaning hammom bilan bir joyda bölişi joiz. Faqat bunda poklikka e'tibor beriş, najosat asari qolib ketişiga, yoqimsiz hid çiqib turişiga yöl qöymaslik lozim. Vallohu a'lam!”.