Bismillahir rohmanir rohiym!

«Olamlarning Robbi – Alloh pokdir!»
Naml surasi, 8-oyat

Özi pok, Sözi pok, dini pok Robbimiz Alloh haq subhanahu va taologa hamdu sanolar bölsin!

Pok dinning pok Payğambari hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamga pokiza durudu salavotlar bölsin!

Biz ğoyatda baxtli insonlarmiz. Zero, bizni Alloh taolo Öziga banda bölişga loyiq kördi, Özining sönggi va mukammal kalomi nozil qilingan sönggi Payğambariga ummat qildi, musulmon diyorda, musulmon oilada musulmon qilib dunyoga keltirdi. Dunyoga kelib, aqlimizni tanigaç, oq-qorani ajratadigan bölgaçgina bu ne'matlarning naqadar uluğligini, şukrini ado qilib bölmas darajada benihoyaligini anglab yetdik. Bu dunyoda şirk, kufr, nifoq, hasad, yolğon, xiyonat kabi ulkan gunohlar borligini, bid'at-xurofot, şubha-gumon, irim-sirim kabi ma'siyatlar, jaholatlar borligini körgaçgina, Alloh taolo bizni hali dunyoga kelmasimizdan bu kabi illatlardan poklab qöyganini tuşundik. Ana poklik tufayli özimizni dunyodagi eng baxtli insonlarmiz deb baralla ayta olamiz. Xöş, poklik nima özi? Keling, bugun ana şu gözal tuşunça haqida suhbat qilaylik.

Poklik, tozalik degan sözlarning luğaviy ma'nosi barçamizga ma'lum. Ular heç qanday kir, zarar va şu kabi salbiy ta'sirlar aralaşmagan holat yoki narsani anglatadi. Toza suv deganda rangi, hidi, ta'mi özgarmagan suv tuşunilsa, pokiza libos deganda toza yuvilgan, doğ tegmagan kiyim tuşuniladi va hokazo. Bularning barçasi moddiy tozalikdir. Ammo ma'naviy poklik ham borki, bu poklik insonning içki dunyosida, qalbida, ruhida böladi. Insonning asli, javhari, uning jismini, hatti-harakatlarini boşqarib turuvçi masdar esa ruhdir. Demak, uning moddiy pokligi ham ma'naviy poklikdan kelib çiqadi. Şuning uçun poklik deganda faqat moddiy yoki faqat ma'naviy poklikni keskin ajratib bölmaydi. 

Haqiqiy poklik, ham moddiy, ham ma'naviy poklikning qanday bölişini esa bizga muqaddas Islom dinimiz örgatadi. Zero, Islomning özi poklik asosida bunyod bölgandir. Şuning uçun biz poklikni bu dinning ikki masdari – pok Parvardigorimizning Kalomi hamda Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridan örganamiz.
Islom dini insondan ham ma'naviy, ham moddiy poklikni talab qiluvçi ilohiy ta'limotdir. Masalan, bir buyumga, maxluqqa emas, öziga öxşagan bir gunohkor bandaga emas, balki özini ham, butun borliqni ham yaratgan Robbiga ibodat qiliş ma'naviy poklik bölsa, bu ibodatni najosat tekkan ahvolda, nopok kiyimda, iflos joyda emas, pokiza jism bilan, top-toza libos bilan, pokiza joyda ado etiş moddiy poklikdir.