Yanvar oyidagi transfer oynasidan söng, Angliya Premer-Ligasining eng köp maoş oluvçi futbolçilari reytingida özgarişlar yuz berdi.

Mirror xabariga köra, sobiq peşqadam, «Mançester Yunayted» yarimhimoyaçisi Pol Pogba uçinçi öringa tuşib qoldi. 

«Mançester Yunayted» yangi a'zosi Aleksis Sançes haftasiga 500 ming funt maoş bilan 1-öringa, «Arsenal» yarimhimoyaçisi Mesut Özil 350 ming funt maoş bilan 2-öringa kötarildi.

Şuningdek, «Mançester Siti» yetakçilaridan biri Kevin De Bryoyne 250 ming funt maoş bilan yuqori beşlikka kirdi.