Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar, eng avvalo, inson manfaatlariga, uning baxtli-saodatli hayot keçirişiga xizmat qilmoqda. Xususan, Qaşqadaryo viloyati IIB YHX xizmati xodimlari ham xalq manfaatlarini himoya qiliş yölida qat'iyat bilan faoliyat olib borib, viloyat avtomobil yöllarida xavfsizlikni ta'minlaş, sodir etilayotgan yöl-transport hodisalarining oldini oliş, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oşiriş borasida bir qator ijobiy natijalarga erişmoqda.

Foto: Qaşqadaryo viloyat IIB matbuot xizmati

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.M.Mirziyoyev raisligida 2017 yil 22 dekabr kuni ötkazilgan videoselektorda belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan viloyat IIB YHX boşqarmasi tomonidan bir qator çora-tadbirlar belgilab olindi.

Uşbu yönalişdagi işlarning deboçasi sifatida, boşqarma tasarrufida bölgan 52 ta doimiy ravişda xizmatda foydalaniladigan YPX patrul avtomobillariga zamonaviy va xalqaro talablarga javob beradigan videoregistrator kameralari örnatildi. Bu haqda Qaşqadaryo viloyat IIB matbuot xizmati ma'lumotiga asoslanib, KUN.UZ muxbiri xabar bermoqda.

Mazkur videoregistrator kameralari avtotransport vositalari haydovçilari tomonidan “Yöl harakati qoidalari”ni buziş holatlari va boşqa huquqbuzarliklar qayd etib boradi, şuningdek, videoregistratorda qoidabuzarlik videotasvirlar bilan muhrlanadi hamda kamera xotirasida saqlanib, bu bilan qonun ustuvorligi ta'minlanadi.

Foto: Qaşqadaryo viloyat IIB matbuot xizmati

Videoregistrator kamerasi orqali YPX xodimi va haydovçi örtasida yuzaga keladigan ziddiyatli va muammoli holatlarni hamda korrupsiyaning oldi olinadi.

Patrul avtomobildagi videoregistrator kameralari, yöl harakati iştirokçilarini haq-huquqlarni va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş bilan bir qatorda, ayrim haydovçilar tomonidan sodir etiladigan yöl harakati qoidabuzarliklarini ham tegişli tartibda rasmiylaştiriş uçun asos hisoblanadi.