Prezidentning 2 sentabrda imzolagan “Valyuta siyosatini liberallaştiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni sohada yangi bosqiçni boşlab berdi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.
Mazkur hujjatga asosan endi fuqarolar tijorat banklaridan davlat kursi böyiça xorijiy valyutalarni sotiş va xarid qiliş imkoniyatiga ega böldilar. Erkin konvertatsiyaning joriy etilişidan közlangan maqsadlardan biri esa valyutalarni noqonuniy ayirboşlaş holatlariga barham berişdir.
Ayni vaqtda bozorlarda va aholi gavjum joylarda “dollar olamiz” deb turgan valyutafuruşlarning faoliyatiga çek qöyilmoqda. Ana şunday şaxslardan biri Timur Ahmatov va Uçqun Asilovlarning (ism-familiyalar özgartirilgan) faoliyatiga ham barham berildi. Ular Qibray tumanidagi bozorda 6 ming AQŞ dollarini noqonuniy ravişda sotayotgan paytda tezkor xodimlar tomonidan aşyoviy dalil bilan qölga olindi.
Valyutafuruşlikni öziga kasb qilganlardan yana biri bölgan Akrom Möminov tumandagi avtoturargohlardan birida 85 ming qozoq tengesini noqonuniy ötkazayotganda uşlandi. Uning yonidan sotiş uçun saqlab qöyilgan ming Rossiya rubli hamda 50 AQŞ dollari aşyoviy dalil sifatida olindi.
Mazkur holatlar böyiça Qibray tuman sudining hukmi e'lon qilindi. Unga köra, valyutafuruşlar jarima jazosiga tortildi.













