Liverpul universiteti olimlarining sözlariga köra, itlar köproq ruhiy jihatdan beqaror odamlarga hujum qilar ekan. Journal of Epidemiology & Community Health'da taqdim etilgan ma'lumotlar şundan dalolat bermoqda.
Tadqiqot natijalariga köra, itlar aksariyat holatlarda öz egalariga emas, notaniş kişilarga taşlanar ekan. Şu bilan birga, ular kayfiyati keskin özgarişlarga moyil insonlarni tişlaş ehtimoli yuqori böladi. Olimlarning ta'kidlaşiça, itning agressiv reaksiya ehtimoli "jabrlanuvçi"ning yoşiga proporsional ravişda oşar ekan.
Tadqiqotda qatnaşgan 694 nafar iştirokçidan 172 kişi hayotida bir marta bölsa-da, it hujumiga yöliqqani ma'lum böldi. Şuningdek, ma'lum bölişiça, erkaklar ayollarga nisbatan 1,8 marta köp itlarning hujumiga duç kelişgan. Bundan taşqari, bir neça iti bor kişilar uy hayvoni boqmaydiganlarga nisbatan 3,3 marta köp jonivorlar hujumiga yöliqişgan.
Sörovnoma Angliya şimoli-ğarbidagi Çeşir şahri aholisi orasida ötkazilgan. Qatnaşçilar ruhiy holat tahliliga yönaltirilgan anketalarni ham töldirib, ularga it hujum qilgan yo qilmaganiga doir ma'lumot berişgan.









