Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung S9'dan keyin Galaxy S smartfonlarini ishlab chiqarishni to‘xtatadi
Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi flagman lineykada so‘nggisi bo‘lishi kutilayotgan Galaxy S9 va Galaxy S9+ smartfonlarini rasman namoyish etadi.
Yangi qurilmalar bozordagi eng ilg‘or texnik ta'minotga ega bo‘ladi. Xususan, ular yanada tezkor ishlovchi protsessor bilan ta'minlanadi, batareyaning ishlash vaqti uzaytiriladi, barmoq izlari skaneri esa yangi joyga ko‘chiriladi.
Bundan tashqari, S9 flagmanlari kamerasi yangi effektlarga ega bo‘ladi, u yorug‘ bo‘lmagan joylarda ham yaxshi ishlaydi va tasvir barqarorligi ta'minlaydi.
Nisbatan yirik S9+ smartfonlari ham yaxshilangan obektivga ega bo‘ladi.
Samsung kompaniyasi kelgusida Galaxy S modellari qatorini boshqasiga almashtirib, bu modellarni ishlab chiqarishni to‘xtatadi, deya ma'lum qilinadi Tekz24 portalida.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, ishlab chiqaruvchi marketologlar tavsiyasiga binoan rebrending o‘tkazishga doir qaror qabul qilgan. Ularning ta'kidlashicha, mobil qurilmalar nomida ikki xonali sonlar auditoriya tomonidan yaxshi qabul qilinmaydi.
Mavzuga oid
20:18 / 06.06.2026
Yangi Samsung Galaxy S27 Pro smartfoni haqida ma’lumot berildi
12:01 / 21.05.2026
Samsung ish tashlash boshlanishiga 1,5 soat qolganda kasaba uyushmasi bilan kelishuvga erishdi
08:42 / 06.05.2026
Samsung kompaniyasining bozor kapitallashuvi 1 trillion dollarga yetdi
23:34 / 18.04.2026