Professional boksning super yengil (63,5 kg.gaça) vazn toifasida musobaqalarda iştirok etayotgan özbekistonlik boksçi Şohjahon Ergaşev jahon boks assotsiatsiyasi WBAning fevral oyidagi yangi reytingida kuçli 15 sportçi safidan örin oldi.
Taşkilot rasmiy sayti tomonidan e'lon qilingan fevral oyi uçun reytingda Şohjahon Ergaşev juda katta ösişga erişgan va bir yöla 12-poğonadan örin olgan.
Eslatib ötamiz, Şohjahon bunday yuqorilaşiga uning yanvar oyidagi reytingda 8-örinda borayotgan Sonni Fredriksson ustidan qozonilgan ğalabasi sabab böldi. Oldinroq sportçining özi taxminan 5-8 örinlarga kötarilişini kutayotgani haqida gapirib ötgandi.
WBA barça vazn toifalarida faqat kuçli 15talik sportçilar reytingini e'lon qilib boradi va endilikda uşbu yönalişda TOP-15likka kirgan özbekistonlik boksçilar soni ikki nafarga yetgan. Bungaça yarim örta (66,68 kg.gaça) vazn toifasida ringga kötarilayotgan yönalişning kumuş kamari egasi bölgan Qudratillo Abduqahhorovgina bu reytingda bor edi. Yanvarda reytingda 5-örinda bölgan Abduqahhorov bu safar bir örin pastlab 6-öringa tuşgan. Biroq u hamon çempionlikka da'vogarlik jangini ötkaziş huquqiga ega bölib turibdi. Oldinroq, Abduqahhorov filippinlik Menni Pakyao bilan (reytingda 2-öringa kötarildi) ringga çiqişi mumkinligi aytilgandi.
Ergaşevdan farqli ravişda Abduqahhorov WBC reytingida 5-poğonada, IBF yönalişi reytingida esa 8-örinda bormoqda va da'vogarlik jangida iştirok etiş huquqiga ega bölib turibdi. Ergaşev esa WBC e'lon qilgan TOP-50lik, IBF e'lon qilgan TOP-15lik reytinglarda qayd etilmagan.












