Namangan viloyati Kosonsoy tuman tibbiyot birlaşmasining yuqumli kasalliklar bölimiga 5 fevral kuni tongi soat 6:00 dan 12:00 ga qadar köngil aynişi, qayt qiliş, boş oğriği va umumiy holsizlik kabi kasallik belgilari bilan tibbiy yordam sörab 36 nafar fuqaro murojaat qilgan. Ular ötkir gastroenterit, toksikoinfeksiya taşxisida gumon qilinib, şifoxonaga yotqizilgan, deb xabar berdi KUN.UZ'ga Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmati.

Bemorlar bilan ötkazilgan suhbat davomida barça bemorlar öz kasalliklarini 4 fevral kuni soat 12:00-13:00 oraliğida Kosonsoy tuman markaziy dehqon bozorida noma'lum şaxs tomonidan uy şaroitida tayyorlangan kala-poça göşti va xasip taomini xarid qilib, iste'mol qiliş bilan boğlagan.

Uşbu holat yuzasidan Soğliqni saqlaş vazirligining alohida nazorati taşkil etildi. Kosonsoy tuman tibbiyot birlaşmasi zarur dori-darmonlar, infuzion eritmalar, bir marotaba işlatiladigan şprits va sistemalar bilan yetarli miqdorda ta'minlangan. 

Yuzaga kelgan epidemik vaziyatni joyiga çiqib örganiş, bemorlarga va mahalliy mutaxassislarga öz vaqtida har jihatdan amaliy yordam körsatiş maqsadida Soğliqni saqlaş vazirligining mas'ul mutaxassislari, jumladan, Respublika Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti direktori A.Abduşukurov, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi boş şifokori örinbosari A.Şukurov va bölim boşliği U.Ismailov, Andijon tibbiyot institutining bir guruh yetakçi mutaxassislari Namangan viloyati Kosonsoy tumaniga yuborilgan.

Kosonsoy tuman dehqon bozorida sanitariya-epidemiologiya xizmati, Içki işlar va Soliq organlari mutaxassislari bilan profilaktik tadbirlari olib borilmoqda. 

Şifoxonada davolanayotgan bemorlarning ahvoli qoniqarli, oğir bemorlar yöq, ularga malakali tibbiy yordam körsatilmoqda.