5 fevralda Yaponiyaning Saga prefekturasida mamlakat mudofaa kuçlarining AH-64 vertolyoti xususiy uy ustiga qulagan. Jurnalistlarga mamlakat mudofaa vaziri Itsunori Onoderaning ma'lum qilişiça, vertolyotdagi ikki uçuvçi ham halok bölgan. Vertolyot öquv parvozi amalga oşirayotgan bölgan.
Voqea Kandzaki şahridagi tumanlardan birida yuz bergan. Vertolyot ikki qavatli uy ustiga tuşgan. Buning oqibatida uyda yonğin boşlangan. Politsiya ma'lumotlariga köra, uyda 4 kişidan iborat oila yaşagan, voqea vaqtida ular uyda bölmaganlar.
Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe devonxonasida voqea böyiça ma'lumot yiğuvçi inqiroz ştabi tuzilgan. Abe voqea sabablari aniqlangungaça AH-64 vertolyotlari parvozlarini töxtatişga körsatma bergan. Ta'kidlanişiça, Yaponiya armiyasida bunday vertolyotdan 12 dona bor.












