7 yildan keyin dunyodagi avtobuslarning 50 foizi elektr dvigatellarda harakatlanadi. Xitoy, xoynahoy, şahar transportini elektrlaştiriş böyiça yetakçi pozitsiyalarni egallaydi, çunki bu yerda atrof-muhitning ifloslanişiga qarşi siyosat olib boriladi. 

2025 yilgaça dunyoda elektr avtobuslarning umumiy miqdori uç martaga oşadi: 2017 yilda bunday avtobuslar 386 mingtani taşkil qilgan, 2025 yilgaça esa 1,2 mlntaga yetadi, Xitoyda dunyodagi barça elektrobuslarning 99 foizi harakat qiladi. Bu haqda Bloomberg New Energy Finance hisobotida aytilgan. 

Bugungi kunda elektrobuslar an'anaviy yoqilğida harakatlanuvçi avtobuslardan qimmatroq turadi. Biroq 2026 yilgaça bu qiymat an'anaviy avtobuslarnikiga tenglaşadi. Bu köp jihatdan akkumulyatorlar narxining pasayişi va ular samaradorligi oşişi hisobiga yuz beradi.

Elektrobuslarning tatbiq qilinişi havo ifloslanişi darajasini ança kamaytirişga yordam beradi, şu sababli Parij va Amsterdam yaqin yillarda öz avtobus parklarini “sof” transportga ötkazmoqçi. Kaliforniyaning yirik şaharlari, jumladan Los-Anjyeles va San-Xose merlari ekologiya sohasidagi regulyatordan şaharlar munitsipalitetlarini elektr avtobuslarga ötişga majburlovçi qoida va me'yorlarni işlab çiqişni talab qilmoqdalar.

Bu masalada eng qat'iy siyosatni Xitoy olib bormoqda. Misol uçun, mamlakatning janubida joylaşgan, 12 mln aholisi bölgan Şençjen şahri yer usti jamoat transportini elektr dvigatellarga ötkazişni yakunladi. Endi bu şahardagi deyarli 17 ming avtobusdan birortasi havoni ifloslantirmayapti. Buning hisobiga bir yil içida 345 ming tonna yoqilği tejaladi va atrof-muhitga 1,35 mln tonna kamroq karbonat angidrid gazi çiqariladi.