2018 yilning 7 fevral kuni Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy taşrif bilan kelgan Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Pekin şahrida Xitoy taşqi işlar vaziri Van I bilan uçraşdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bergan.
Uçraşuvda ikki tomonlama munosabatlarning muhim masalalari, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil 11-13 maydagi davlat taşrifi va Xitoy rahbariyati bilan muzokaralari doirasida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş jarayoni muhokama qilindi.
Suhbat çoğida vazirlar tomonidan «Tinçlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy şerikçilik» nomli Afğoniston böyiça bölajak konferensiya kun tartibiga alohida e'tibor qaratildi. Konferentsiya Özbekiston va Afğonistonning qöşma taşabbusiga köra Toşkent şahrida ötkaziladi.
Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boşqa masalalar ham körib çiqildi.












