Bugungi kunda «Xalq banki» tomonidan bir neça turdagi lotereyalari taşkil etilib, ötkazib kelinmoqda.
Şu bilan birgalikda, ayrim holatlarda mijozlarga bank xizmatlari körsatiş jarayonida pensiya va nafaqalarga lotereya biletlari qöşib berilişi holatlari uçraşi qayd etilgan. Bu haqda bankning Adliya vazirligiga yöllagan javob xatida bayon qilingan.
«Ta'kidlaş joizki, lotereya biletlarini iş haqlari, pensiya va nafaqalar, boşqa birinçi darajali tölovlarga qöşib sotiş qat'iyan taqiqlangan. Bu böyiça quyi filiallarga «Xalq banki» boşqaruvining alohida körsatmasi berilgan», deyiladi xatda.
Ma'lum qilinişiça, fuqarolardan kelib tuşayotgan murojaatlar va şikoyatlarda kötarilgan masalalar atrofliça tahlil qilinib, qonunbuzarlikka yöl qöygan filial rahbarlari va mas'ul xodimlariga nisbatan mehnat qonunçiligi talablari doirasida intizomiy çoralar körilgan.
Jumladan, ötgan yilda mijozlarga bank xizmatlari körsatilişida amaldagi me'yoriy hujjatlar talablariga rioya etmagan va işda (jumladan, lotereyalar bilan işlaşda) qöpol xato va kamçiliklarga yöl qöygan bank filiallarining 222 nafar rahbar xodimiga Mehnat kodeksining hayfsan va örtaça iş haqiga nisbatan jarima qöllaş tarzidagi intizomiy çora körilgan, 91 nafar rahbar va boş buxgalter esa egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Bank rahbariyati tomonidan fuqarolarga lotereyalarning sotilişini qat'iy ravişda ixtiyoriylik prinsipiga rioya qilgan holda amalga oşiriş va fuqarolarning asosli e'tirozlari kelib çiqişining oldini oliş çoralari körib boriladi va jarayon doimiy nazoratga olinadi.











