“Qarşi aeroporti” DUK omborida saqlanayotgan yonilği-moylaş materiallari sifatini örganiş jarayonida mutaxassislar qiziq bir holatga duç kelişdi. B-92 markali aviabenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tekşirilganda, sifatida talab darajasida emasligi ma'lum böldi. Mutaxassislar uşbu yoqilğini işlatişga taqiq qöyib, bir neça bor tekşiriş işlarini olib borişlariga töğri keladi. Hayratlanarlisi, 27-siğimli rezervuardagi yonilğining miqdori har gal turliça bölişi mutaxassislarni hayron qoldirdi. Buning tagiga yetiş maqsadida rezervuar yaxşilab tekşirildi. Gap boşqa yoqda ekan. Unga yaşirin ravişda 100 mm diametrli quvur örnatilganligi aniqlandi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Tekşiriş jarayonida kalavaning bir uçi yonilği-moylaş ombori mudiri vazifasida işlagan B.Q. va yetakçi muhandis O.R.ga, ikkinçi uçi esa “Özaeronavigatsiya” markazining Qarşi şahridagi radiotexnika apparatlari faoliyati böyiça radionavigatsiya muhandisi vazifasida işlagan J.P.ga borib taqaldi. Ular tuzgan jinoiy reja oqibatida korxonaga juda katta miqdorda ziyon yetkazilganligi aniqlandi.
Gap şundaki, J.P. foydalanib kelgan “UAZ 3151” rusumli avtomaşina korxonaga tegişli bölib, u aeroport omboridan “Özaeronavigatsiya” markazining joylardagi dvigatellariga yonilği-moylaş mahsulotlarini yetkazib beriş böyiça mas'ul hisoblanardi. Odatdagi kunlarning birida ombor mudiri B.Q. unga “ajoyib” bir “iş”ni taklif qilib qoldi. Bu “iş” ortidan yaxşigina pul işlab oliş mumkinligini qistirib ötdi.
J.P. öylab körsa, taklif çindan ham foydali. Aeroport omboridan yaşirinça kerosin va aviabenzin olib çiqib sotiş ortidan kattagina daromad topiş mumkin. Şu sababli bu taklif qonunga zid bölsa-da, nafs uni rozi bölişga undadi.
Yuqorida aniqlangan yaşirinça quvur ana şu maqsadda örnatilgandi. Şundan söng J.P. har gal omborga kelganida yonilği solingan 200 litr siğimli boçkalardan 2 tasini hujjat asosida, bittasini hujjatsiz olib keta boşladi. Hujjatsiz boçkalarni rejadagi manzilga tuşirib qoldirib, haydovçiga uni kerakli joyga özi olib borişini aytar, keyin özi uyiga olib borib, yonilğini odamlarga sotib yuborardi. Sotuvdan tuşgan pulni esa şeriklari bilan bölib olişardi. Ular bu işga şu qadar şönğib ketişadiki, oqibatda korxonaga juda köp miqdorda zarar yetkazişganini sezmay ham qolişadi.
Şunday qilib, 2006 yildan 2012 yilga qadar bölgan vaqt davomida ular haftasiga 600-800 litrdan yonilği mahsulotini ömarib, korxonaga jami 346 mln 213 ming sömlik zarar yetkazişdi.
Albatta, har qanday qinğir işning oxiri voy. Sirlari foş bölgunga qadar davlat korxonasi mulkini özlaştiriş borasida özlarini ustomon hisoblagan bu kimsalar katta xatoga yöl qöyişdi.











