Janubiy Koreyaning Pyongçangida ötadigan 2018 yilgi qişki Olimpiada Lillexammerdagi 1994 yilgi qişki Olimpiadadan keyin eng sovuği bölişi mumkin. Öşanda Olimpiada oçilişi marosimi 12 daraja sovuqda ötgan.  

Şu kunlarda Pyongçangda sovuq havo hukm surmoqda, tunlari havo harorati 21 daraja sovuqqaça tuşmoqda. 35 ming kişi taşrif buyurişi kutilayotgan Olimpiada oçilişi marosimi mahalliy vaqt bilan soat 20 da boşlanadi va 3 soat davom etadi.

Köp davlatlar öz sportçilari soğliğidan xavotirlanib, ularga marosimga bormaslikni tavsiya qilişmoqda, tomoşabinlar esa öz çiptalarini qaytarib bermoqdalar.

Olimpiada taşkilotçilari ba'zi tomoşabinlar oçiliş marosimining repetitsiya vaqtida sovuqqa doş berolmay, tribunalarni barvaqt tark etganlarini tan olişdi.

Biroq ular tomoşabinlar uçun qulay bölişi uçun barça çoralarni körişga va'da berişmoqda. Jumladan, oçiliş marosimida tomoşabinlarga sovuq havo uçun möljallangan maxsus töplam: adyollar va qöllar uçun kiçik isitgiçlar beriladi.

Şuningdek, ob-havo şaroiti tramplindan sakraş kabi ba'zi sport turlarining ötkazilişiga xalaqit qilişi mumkin. Olimpiada taşkiliy qömitasi kuçli şamolga qarşi yordam berişi kerak bölgan maxsus ekranlar örnatmoqda. Biroq şunga ham qaramay, yomon ob-havo şaroiti “özinikini aytsa”, sportçilar musobaqaga qöyilmasliklari mumkin. Bunda musobaqalar ötkazilişi böyiça qarorni Xalqaro Olimpiya qömitasi va federatsiyalar qabul qiladi.