10 fevraldan boşlab 30 kunga 7 davlatga vizasiz rejim örnatildi, 39 tasiga esa soddalaştirilgan viza rejimi joriy qilindi. Bundan taşqari, 1 iyuldan elektron viza tizimi yölga qöyiladi. Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Aziz Abduhakimov Xalqaro Press-klub tomonidan taşkil etilgan oçiq muloqot davomida şu haqida ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, 1 iyuldan boşlab Özbekistonga sayohat qiliş istagida bölgan çet el fuqarosi kompyuter yoki smartfon orqali zarur hujjatlarni suratga olib, bemalol tizimga özi haqidagi ma'lumotlarni kiritişi mumkin böladi.

Aziz Abduhakimov
Çet el fuqarosining Özbekistonga taşrif buyuriş uçun viza olişga doir arizasi mamlakatimizning tegişli idoralari tomonidan körib çiqilib, ikki kun davomida unga elektron ravişda javob beriladi (birinçi kun qabul qilinadi). Bu degani Özbekistonga keliş vizasi unga elektron ravişda yöllanadi, uni printerdan çiqarib, bemalol Özbekistonga taşrif buyuriş mumkin böladi.











