6 fevralda SpaceX kompaniyasi öta oğir raketa-taşuvçi Falcon Heavy’ning ilk parvozini muvaffaqiyatli amalga oşirdi. Raketa koinotga kompaniya rahbari Ilon Maskka tegişli Tesla Roadster elektromobilini yetkazdi. Kompaniya, şuningdek, Yerga raketa birinçi poğonasining uçta tezlaştirgiçidan ikkitasini beşikast qaytara olgan.
Raketaning ilk parvozi jonli namoyişi SpaceX’ning YouTube-kanalida olib borilgan. The Verge naşrining yozişiça, bu efir YouTube tarixida ommaviylik böyiça ikkinçi raqamlisi böldi: parvoz ortidan 2,3 mln kişi kuzatgan. Bu borada eng yaxşi natija 2012 yil oktabrida avstraliyalik sportçi Feliks Baumgartnerning stratosferadan paraşyutda sakraşi namoyişiga tegişli. Öşanda bu sakraşni 8 mln kişi kuzatgan.
Falcon Heavy raketasi Falcon 9 negizida yaratilgan. Raketa Yer atrofidagi orbitaga 64 tonna, Marsga esa 16,8 tonna yuk yetkazişi mumkin.
Ayni vaqtda SpaceX kompaniyasi BFR (Big Falcon Rocket) raketasi ustida iş olib bormoqda. Bu raketa Falcon 9 va Falcon Heavy örniga kelişi kerak. BFR’ning ilk parvozi 2022 yilga belgilangan. Raketani Marsda mustamlaka yaratiş loyihasi va sayyoralararo parvozlarda qöllaş möljallangan.













