Xalqaro olimpiya qömitasi prezidenti Tomas Bax MOQ prezidenti Umid Ahmadjonovning taklifiga köra, poytaxt Toşkentga taşrif buyuradi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Qişki Olimpiadaning oçiliş marosimida iştirok etiş uçun Pyongçangda bölib turgan Ahmadjonov XOQ prezidenti bilan körişdi. Uçraşuv davomida tomonlar yangi bosqiçga kötarilayotgan Özbekistondagi olimpiya harakatini rivojlantiriş masalalari yuzasidan özaro fikr almaşiş borasida kelişib oldi.
Tomas Baxning Toşkentga taşrifidan közlangan asosiy maqsad — MOQ va XOQ örtasidagi özaro hamkorlikni yanada rivojlantirişdan iborat böladi. Bungaça Bax 2015 yil Özbekistonga kelgan bölib, mamlakat sporti haqida tasavvurga ega bölgandi.












