Ertaga Janubiy Koreyaning Pyongçanga şahrida XXIII qişki Olimpiya öyinlari boşlanadi. Uşbu öyinlarda özbekistonlik sportçilar ham iştirok etadi. Bugun mahalliy vaqt bilan soat 13:00da Pyongçangdagi Olimpiya şaharçasida Özbekiston Respublikasining davlat bayroğini kötariş rasmiy marosimi bölib ötdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga köra, tadbirda Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, musobaqa taşkiliy qömitasi hamda Özbekiston delegatsiyasi a'zolari iştirok etişdi.
Tantanali marosimda Pyongçang Olimpiya şaharçasi meri, stol tennisi böyiça Olimpiya va Osiyo öyinlari çempioni, jahon çempionati va kubogi sovrindori Ryu Sing Min Umid Ahmadjonovga esdalik sovğalarini topşirdi. Öz navbatida Ahmadjonov ham Olimpiya şaharçasi meriga Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi nomidan sovğalar ulaşdi.
Eslatib ötamiz, XXIII Olimpiya öyinlarining tantanali oçiliş marosimi ertaga, 9 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:00 (Toşkent vaqti bilan soat 16:00) da boşlanadi. Unda toğ çanğisi böyiça Özbekiston terma jamoasi a'zosi Komil Töxtayev delegatsiya bayroqdori vazifasini bajaradi.












