Tayvanda, Xualyan uyezdi qirğoqlari yaqinida 5,7 magnitudali yangi zilzila qayd etildi. Bu haqda AQŞ Geologiya xizmati xabar berdi.
Mahalliy vaqt bilan soat 23.21da (Toşkent vaqti bilan soat 20:21) röy bergan zilzila episentri Xualyandan 19 km şimoli-şarqda, zilzila öçoği 10,8 km çuqurlikda joylaşgan.
Xitoy milliy televideniyesida esa uşbu zilzila kuçi 6,1 magnitudaga teng bölgani haqida xabar berdi.
Tabiiy ofat talofatlari haqida hozirça ma'lumotlar yöq.
Qayd etiş kerakki, bu keyingi 24 soat içida röy bergan ikkinçi kuçli zilzila böldi. Seşanba kuni Xualyanda 6,5 magnitudali zilzila röy bergan, natijada 7 kişi halok bölib, 260 jabrlandi. Ayni vaqtda 67 kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda.












