9 fevral kuni Afğoniston Islom Respublikasi Prezidentining milliy xavfsizlik masalalari böyiça Katta maslahatçisi Muhammad Hanif Atmar boşçiligidagi delegatsiya Toşkent şahriga amaliy taşrif bilan keladi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.
Taşrif dasturiga köra Hukumat, Taşqi işlar vazirligi va boşqa davlat tuzilmalarida uçraşuv va muzokaralar ötkaziş rejalaştirilgan, şuningdek, “Tinçlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy şerikçilik” nomli Afğoniston böyiça xalqaro konferensiyani Toşkent şahrida ötkazişga tayyorgarlik körişning amaliy masalalarini muhokama qiliş kutilmoqda.










