Özbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari öz imkoniyatlari orqali IŞID terrorçilik guruhi jangarilari tarafdori va ularning vayronakor ğoyalari bilan obdon zaharlangan kimsa Turkiyadan Özbekistonga kelayotganligi haqida ma'lumotlar olgan. Bu haqda «Özbekiston 24» telekanali lavhasida aytiladi.
Bunga köra, ular tez sur'atlarda «mehmonni» kutib oliş rejasini işlab çiqdi va Özbekistonga qalbaki pasport bilan kirmoqçi bölgan kimsa qölga olindi.
Aniqlanişiça, uşbu şaxs Özbekiston Respublikasi fuqarosi va 2011 yilda Turkiya davlatiga işlaş maqsadida çiqib ketgan Ahror Qosimov bölgan. Qosimov Turkiyada talonçilik jinoyatlarini sodir etgani uçun 2013 yilda Istanbul şahar sudi tomonidan 11 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va qamoqda Hasam Doguşayev, Aleksey Garabayev va Amirxon ismli IŞID terrorçilik guruhi faoliyatining tarafdorlari bölgan kimsalar bilan tanişib, ularning ta'siriga tuşadi. 2015 yilda esa ularning yordami bilan qamoqdan qoçib, Istanbul şahrining Kayaşahir mavzesidagi Suriyaga ötkaziladigan şaxslarning vaqtinçalik yaşaş manziliga joylaşadi.
Ahror Qosimov turk tilini yaxşi bilgani uçun rahnamolari körsatmasiga binoan yangi yollangan IŞID terrorçilik guruhi tarafdorlarini Turkiya aeroportida kutib oliş va ularni belgilangan manzillarga joylaştiriş bilan şuğullangan.
Şuningdek, u Özbekistonga keliş uçun zimdan tayyorgarlik körib borgan. Şu vaqtlarda IŞID terrorçilik guruhi tomonidan yollangan Rossiya Federatsiyasi fuqarosi Gadjimurod Gaydarov ismli şaxs ham Suriyaga çiqib ketiş uçun keladi. E'tiborli tomoni, u Ahror Qosimovga juda öxşaş bölgan. Bu vaziyatdan foydalanişga uringanlar Ahror Qosimovni Gaydarovning pasporti bilan Özbekistonga yubormoqçi böladi.
Özganing pasport bilan Özbekistonga egri maqsadda kirişga uringan Qosimov niyatini oxirigaça yetkaza olmaydi. MXX xodimlari tomonidan hibsga olinadi va barça qilmişlari foş etiladi.
Toşkent viloyati Oqqörğon tumani sudi tomonidan Ahror Qosimovning jinoiy işi körib çiqildi va u 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.











