Keça Janubiy Koreyaning Pyongçang şahrida qişki olimpiada öyinlarining oçiliş marosimi bölib ötdi. 9-25 fevral kunlari bölib ötadigan sport bayrami butun duyon muxlislarini öziga jalb qilişi tabiiy. KUN.UZ oq olimpiada nomini olgan sport bayramining paydo böliş tarixi va unda Özbekiston sportçilarining iştirokiga batafsil töxtalib ötadi.

Lillehammer-1994 olimpiadasi çempioni Lina Çeryazova

ÖYINLARI TARIXI

Qişki Olimpiada öyinlari — qişki sport turlari böyiça ötkazilib, yozgi Olimpiya öyinlari kabi Xalqaro Olimpiya Qömitasi şafeligida taşkil etiladi.

Birinçi qişki Olimpiya öyinlari 1924 yilda ötkazilgan. Dastlab, qişki va yozgi Olimpiya öyinlari bir yilda ötkazilib kelingan. 1994 yildan boşlab esa, yozgi Olimpiya öyinlari ötkazilgaç, oradan ikki yil ötib qişki Olimpiya öyinlari taşkil etiladi.

Bugungi kunga kelib qişki Olimpiya öyinlarining dasturi sezilarli ravişda kengayiş bilan birga, iştirokçilar soni ham keskin darajada oşgan.

Aslida, qişki Olimpiya öyinlarini ötkaziş ğoyasi birmunça avval, ya'ni zamonaviy Olimpiada öyinlarini taşkil etiş ğoyasi paydo bölgan davrdan boşlangan. 1894 yilda Xalqaro Olimpiya qömitasiga asos solingaç, yozgi Olimpiya öyinlari dasturiga konkida uçiş böyiça musobaqalarni ham kiritiş tavsiya etilgan. Lekin, dastlabki uçta Olimpiada öyinlarida muz ustida ötkaziladigan birorta sport turlari kiritilmagan. 1908 yilga kelibgina, London (Buyuk Britaniya)da bölib ötgan Olimpiada öyinlarida figurali uçiş böyiça 4 ta dasturda musobaqalar ötkazilgan.

Qişki olimpiadaga mezbonlik qilgan mamlakatlar yaşil rangda
Kök rangda musobaqaga bir martadan ortiq mezbonlik qilganlar

1920 yil Antverpen (Belgiya)da ötkazilgan yozgi Olimpiada öyinlari dasturidan figurali uçiş va şaybali xokkey sport turlari örin egallagan. Mazkur musobaqalarda şvetsiyalik Gillis Grafstrem figurali uçiş böyiça erkaklar örtasidagi musobaqada, uning hamyurti Magda Yulin-Mauroy esa ayollar orasida oltin medalga sazovor bölganlar. Lyudovika va Valter Yakobssonlar (Finlyandiya) esa juftlik musobaqalarida birinçi örinni egallaşgan. Şaybali xokkey böyiça bölib ötgan bahslarda jami 7 jamoa ğoliblik uçun bahs yuritib, unda kanadalik xokkeyçilar zafar quçganlar.