Pyongçangdagi Olimpiadada yuqumli içak kasalligi – norovirus bilan kasallaniş kuzatilmoqda. Ayni vaqtda bu kasallik yuqqanlar umumiy soni 139 nafarga yetgan. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Olimpiada taşkiliy qömitasining ma'lum qilişiça, 9 fevralda uşbu kasallik bilan zararlanişning 11 ta yangi holati qayd qilingan. Bu avvalgi kunlardagi zararlanişdan ança kamroq bölgan: 7 fevralda 54 ta, 8 fevralda 42 ta holat qayd qilingandi.
Ayni vaqtda uşbu kasallikdan sportçilar zararlangani haqida ma'lumot yöq. Kasallanganlar asosan oziq-ovqat sohasida xizmat körsatuvçi personal, politsiya xodimlari va Olimpiya obektlari qöriqçilari hisoblanadi.
Avvalroq Olimpiadadagi tartibni qöriqlaş bilan şuğullanuvçi taşkilotning 1200 dan köproq xodimi uşbu kasallik bilan zararlanib, öyinlar boşlanişidan oldin öz işlaridan çetlatilganlari ma'lum qilingan. Ular hozir karantinda qolmoqdalar. Ularning örnini 900 askar egallagan.
Ma'lum qilinişiça, bir neça muassasalar kasallikni bartaraf etişda hamkorlik qilmoqda.
Norovirus yuqumli kasallik bölib, u yana içak infeksiyasi deb ataladi. Kuz-qiş mavsumida faollaşadi. Virus juda yuqumli bölib, asosan yoşi kattalarga kuçli ta'sir qiladi. Uning asosiy alomatlari qayt qiliş va diareya (iç ketiş) hisoblanadi.












