Xitoyda 2014 yilda hukumat tadbirkorlik va innovatsiyalarni qöllab-quvvatlaş va ularni rivojlantiriş uçun qulay şaroitlarni yaratiş böyiça yangi siyosatni e'lon qilgandan keyin mamlakatda 21,5 mlndan köproq yangi kompaniya taşkil etilgan. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar bermoqda.  

Davlat korxonalar uçun soliqlarni sekin-asta qisqartirmoqda va byurokratik tösiqlarni bartaraf etmoqda, turli boj yiğimlari va tölovlar miqdorini kamaytirmoqda.

Ta'kidlanişiça, tadbirkorlik va innovatsiyalarni ommaviy va jadal rivojlantiriş iqtisodiyot ösişi uçun yangi impuls böldi, yangi iş örinlari yaratişga va aholi daromadi ösişiga yordam berdi.  

Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, 2014 yildan boşlab yuqori texnologiyalar sohasida 4,2 mingdan köproq yangi korxona taşkil etilgan, ular 120 mingdan köproq startapga xizmat körsatib, buning orqasidan 870 mln dollarga yaqin pul işlab olgan.

Iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan sektorlaridan biri savdo bölib, bunda elektron savdo uluşi ortmoqda. 2017 yilda Xitoyda onlayn-savdo hajmi 28 foizga, mahsulotlar yetkazib beriş hajmi 30 foizga oşgan. Şuningdek, şeringga asoslangan biznes yaxşi rivojlanmoqda.