Internetda Space X kompaniyasi asosçisi Ilon Maskning Falcon Heavy öta oğir raketasi parvozidan söng qay ahvolga tuşganlarini aks ettiruvçi videokadrlar paydo böldi. Kadrlar National Geographic kanalining tasvirga oliş guruhi tomonidan suratga olingan. Ular Ilon Mask bilan raketa kosmodromning Kanaveral burnidagi 39-maydonçadan uçirilgan 6 fevral kunini birgalikda ötkazişgan.
Unda körinişiça, start maydonçasidan raketa parvoz etib kötarilganidan Mask xursandçiligidan sökinib yuboradi, şundan söng boşqaruv markazidan boşqa hamkasblari bilan birga yugurib çiqib, parvozni hayrat bilan kuzata boşlaydi.
«Bu matoh uça boşladi... Unga qaranglar! Axir bu real emas!», — deydi Mask parvozning ilk soniyalarida.


Falcon Heavy raketasi 6 fevral kuni parvoz etib, kosmosga Ilon Maskning Tesla sportkarini olib çiqadi. Olti soatdan söng u uçiş trayektoriyasi böylab Boş asteroidlar belboği va Mars orbitasi yönalişi böylab parvoz qila boşlaydi.













