Eron poytaxti Tehronda hozir bölib turgan Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov hamkasbi — Eron Islom Respublikasi taşqi işlar vaziri Javod Zarif bilan uçraşdi. Bu haqida TIV rasmiy sayti xabar qilmoqda.
Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, investitsiya, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama etişdi.
Vazirlar özaro manfaatli barça sohalarda Özbekiston-Eron munosabatlarining mustahkamlanişi va kengaytirilişi har ikki tomon uçun ham qiziq ekanligini tasdiqlaşdi.
Minatqaviy muammolar borasida fikrlar almaşiniş asnosida Afğonistondagi vaziyat rivojiga alohida e'tibor qaratildi, jumladan, Toşkentda ötkaziluvçi Afğoniston masalalariga bağişlangan «Tinçlik jarayoni, xavfsizlik sohasidagi hamkorlik va mintaqaviy hamjihatlik» xalqaro konferensiyasi tilga olib ötildi.
Uçraşuvda BMT, ŞHT va boşqa xalqaro taşkilotlar doirasida hamkorlik masalalari ham muhokama etildi.









