2018 yil 4 fevral kuni 4 nafar noma'lum şaxslar yuzlariga niqob kiyib, piçoq bilan qurollangan holda Qaşqadaryo viloyati, Kasbi tuman hududida A. va B. ismli şaxslarning uyiga ğayriqonuniy ravişda bostirib kirib, qimmatbaho buyumlarni talab qilişgan, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Xonadonda heç qanday qimmatbaho buyumlar bölmaganligi sababli A. va B. ismli şaxslarni öldiriş bilan qörqitib, 500 AQŞ dollarini berişni talab qilişib, pulni 3 kun içida tayyorlab qöyişni va aytilgan manzilga yetkazib berişni aytib, hodisa joyidan yaşiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan Qaşqadaryo viloyati IIB huzuridagi tergov boşqarmasi tomonidan noma'lum şaxslarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi «v» bandi bilan jinoyat işi qözğatildi.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida 2018 yil 9 fevral kuni uşbu jinoyatni sodir etganlikda gumon qilingan V., G., D. va Ye. ismli şaxslar qölga olindi.
Hozirda jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.