Buxoro viloyati Içki işlar boşqarmasi Jinoyat qidiruv boşqarmasi xodimlari tomonidan viloyat hududida giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanişiga qarşi kuraş borasida olib borilgan tezkor-tadbirlar davomida, Qaşqadaryo viloyati, Koson tumanida yaşovçi “Farhod” ismli şaxs Buxoro viloyatining turli hududlarida köp miqdorda “Marixuanna”, xalq tili bilan aytganda, “naşa” giyohvandlik vositasini sotib yurganligi töğrisida tezkor ma'lumotlar olinadi.

Olingan ma'lumotlar asosida tezkor xodimlar tomonidan ötkazilgan navbatdagi tadbirlar jarayonida giyohvandlik moddalarining noqonuniy oldi-sottisi bilan şuğullanib yurgan uşbu fuqaro Qaşqadaryo viloyati, Koson tumani, Pölati qişloğida yaşovçi, 1986 yilda tuğilgan Usmanov Farhod Ravşanoviç ekanligi aniqlanib, u öziga oldindan taniş bölgan Qaşqadaryo viloyati, Koson tumani, “Mesit” mahalla fuqarolar yiğinida yaşovçi, 1980 yilda tuğilgan Yuldoşev Xolmurod Suyunoviç bilan özaro jinoiy til biriktirib, gugurt qutisiga qadoqlangan “naşa”ni xodimlar tomonidan nazorat tariqasida yuborilgan şaxs bilan har bir qutisini 250 ming sömdan sotişga kelişib, 7,25 gramm “Marixuanna” giyohvandlik vositasini Kogon tumani hududidagi “Knauf” qöşma korxonasi oldida ötkazayotgan vaqtida tezkor-xodimlar tomonidan jinoyat ustida qölga olindi. 

Foto:  Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati
Foto:  Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan dastlabki tezkor-suriştiruv harakatlari davomida aniqlanişiça, ikkala “giyohfuruş” uşbu “Marixuanna” giyohvandlik vositasini Qaşqadaryo viloyati, Koson tumani, Araliq köçasida yaşovçi, 1991 yilda tuğilgan Temirov Şerali Şodmon öğli orqali Koson tumani, “Regzor” mahalla fuqarolar yiğinida yaşovçi, 1986 yilda tuğilgan Sayidov Ötkir Baxronquloviçdan 200 ming söm evaziga sotib olganliklari aniqlandi.

Ötkir Saidov esa, uşbu giyohvandlik vositasini “Öğiljan” ismli ayoldan olganligini ta'kidlab, uning körsatmasi asosida Qaşqadaryo viloyati, Koson tumani, “Naröz” mahallasida yaşovçi, 1972 yilda tuğilgan Safarova Öğiljan Xotamovnaning yaşaş xonadoni xolislar iştirokida közdan keçirilganda, uşbu ayol özining yaşaş uyi mehmonxonasida 3,85 gramm miqdoridagi “marixuanna” giyohvandlik vositasini kelgusida ötkaziş uçun saqlab kelganligi aniqlandi.