Kelayotgan haftada Janubiy Koreyaning Pyongçangida havo harorati keskin sovib ketadi. Bundan uşbu şaharda ötayotgan Olimpiada taşkilotçilari ogohlantirişgan. Taşkiliy qömita vakili Son Pek Yuning aytişiça, termometr körsatkiçi 25 daraja sovuqqaça tuşib ketadi.
U Olimpiada iştirokçilari va mehmonlarni issiqroq kiyinişga çaqirgan.
“Kuçli şamol 14 fevralgaça saqlanib qoladi, söngra harorat 25 daraja sovuqqaça tuşib ketişi mumkin. Şamol tezligi 5-10 m/s bölişi mumkin”, deb aytgan Yu.
10 fevralda şamol sababli erkaklar örtasida çanği sportining tez tuşiş yönalişi böyiça musobaqalar boşqa kunga köçirilgandi.












