Janubiy Koreya poytaxti Pyongçang şahrida Qişki Olimpiada öyinlarining 4-kuni start oldi. Hozirgaça ikkita yönalişda medallar öz egalarini topişga ulgurdi.
Snoubord turining Sloupstayl yönalişida amerikalik Jyeymi Anderson oltin medallarga ega çiqqan bölsa, Lori Bloin (Kanada) ikkinçi, Enni Rukayarvi (Finlyandiya) uçinç örinni egalladi. Şuningdek figurali uçiş böyiça jamoaviy bahslar ham öz nihoyasiga yetdi. Unda kanadaliklar oltin medalni qölga kiritgan bölsa, Rossiyadan kelgan olimpiyaçi atletlar ikkinçi, AQŞ terma jamoasi uçinçi band etdi.
Bugun jami 8ta medallar komplekti öynalişi lozim. Yana 6ta yönalişda oltin medal egalari aniqlanadi. Eng asosiy musobaqa sifatida biatlon böyiça ayollar va erkaklar örtasidagi quvlaşmaçoq poygalarni (pasyut) körsatiş mumkin. Erkaklar örtasidagi sprint poygalarida qayd etilgan sensatsiya bu safargi poygalar ham qizğin ötişidan dalolat bermoqda.
Bugun medallar öynaladigan sport musobaqalari:
Olimpiada-2018
Pyongçang, Janubiy Koreya
12 fevral
Snoubord
Ayollar
Sloupstayl
1. Jyeymi Anderson (AQŞ)
2. Lori Bloin (Kanada)
3. Enni Rukayarvi (Finlyandiya)
Figurali uçiş
Jamoaviy bahslar
1. Kanada
2. Rossiyalik olimpiyaçi atletlar
3. AQŞ
Toğ çanğisi
Ayollar
Gigant slalom
Boşlaniş vaqti – 9:45
Biatlon
Quvlaşmaçoq poygalar
Ayollar
Boşlaniş vaqti – 15:10
Erkaklar
Boşlaniş vaqti – 17:00












