Mamlakatimiz kelajagi va ravnaqida muhim örin tutadigan maktabgaça ta'lim sohasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Maktabgaça ta'lim tizimi jamiyatning birlamçi va eng muhim böğini bölib, soğlom genofondni, yetuk kadrlarni tarbiyalaşda, iş avvalo şu tizimdan boşlanişi kerakligi davlat rahbari tomonidan bir neça marotaba ta'kidlanib kelmoqda.
Sohibqiron bobomiz Amir Temurning «Kitob (bitik) barça bunyodkorlik, yaratuvçanlik va aql-idrokning, ilmu donişning asosidir, hayotni örgatuvçi murabbiydir», degan purma'no sözlari ayni haqiqatdir. Çunki bola tarbiyasida kitoblarning örni beqiyosdir.
Prezidentimiz Ş.Mirziyoyevning 2017 yil 12 yanvardagi «Kitob mahsulotlarini çop etiş va tarqatiş tizimini rivojlantiriş, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oşiriş hamda tarğib qiliş töğrisida»gi farmoyişiga asosan Samarqand şahar 107-maktabgaça ta'lim muassasasida yangi zamonaviy kutubxonaning oçilişi barça bolajonlarimiz hamda mahalla ahlining hayotida katta quvonçli voqea böldi. Oçiliş marosimida jajji boğça tarbiyalanuvçilari kitobxonlikka bağişlab sahna körinişlari hamda badiiy çiqişlari qilgani kişini hayratda qoldirdi.

Uşbu kutubxonada mingdan ziyod ertak kitoblari, bolalar, badiiy, huquqiy adabiyotlar joy olgan. Bundan taşqari, ingliz, rus tillarida yozilgan bolalar adabiyotlar ham bor.
Uşbu maktabgaça ta'lim muassasasidagi kutubxonaning asosiy maqsadi xar xil uslublardan foydalanib (Kitobni öqib berib, sahna körinişi asosida, eşitgan ertak kitobi qahramonlarini rasmlarini çiziş orqali va h.k.) öqişni bilmagan bolaga kitobga bölgan mehrni öyğotiş va kitobxonlik madaniyatini boğça yoşidan şakllantirişdan iboratdir.
Şuni alohida ta'kidlaş joizki, uşbu mahallada kutubxona yöqligini inobatga olsak, bu kutubxonadan mahalla ahlining ham foydalanişi quvonçli voqea böldi.
Samarqand şahar maktabgaça ta'lim bölimi tomonidan barça maktabgaça ta'lim muassasalaridagi mavjud kutubxonalarni zamonaviy körinişga keltiriş, kitob fondini boyitiş hamda kutubxonasi yöq muassasalarda ularni taşkil etiş böyiça muayyan rejalar işlab çiqilgan.











