Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahrida piçoqbozlik yuz berdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilişiça, 29 yanvar kuni soat 22:30larda Qarşi şahrida Ğ.Ğulom mahallasi Mirtemir köçasida yaşovçi, 1996 yilda tuğilgan S.R. A.Temur köçasida joylaşgan “Saxara” çoyxonasida özaro janjal oqibatida Roguzar mahallasida yaşovçi Q.K. va Boğişamol mahallasida yaşovçi N.H.ning qorin qismiga piçoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada Q.K. va N.H. kasalxonaga yotqizilgan. S.R. qölga olingan.