Virjiniya ştati Amerika apellyatsiya sudi mamlakat prezidenti Donald Tramp tomonidan imzolangan 6 musulmon davlat fuqarolari AQŞga kirişini taqiqlaş nazarda tutilgan migratsiya farmonini musulmonlar huquqlarini kamsitiş va Amerika konstitutsiyasiga zid deb topdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar tarqatdi.
«Prezident Trampning va boşqa rasmiylarning bayonotlarini, şuningdek, hujjatning özini (immigratsiya farmoni - tahr) örganib, biz şunday xulosaga keldikki, bu deklaratsiya islom diniga duşmanlik kayfiyatini öziga singdirgan va şu tufayli konstitutsiyaga ham zid keladi», deyilgan sudya Rojyer Gregorining qarorida.
Ötgan yilning yanvarida prezidentlik lavozimiga kirişgaç, Tramp 7ta musulmon davlati fuqarolarining (Eron, Iroq, Yaman, Liviya, Suriya, Somali va Sudan) 90 kun mobaynida AQŞ hududida bölişini taqiqlovçi farmonini imzoladi. Keyinroq Iroq uşbu röyxatdan öçirildi. AQŞdagi bir qança federal sudlar uşbu farmon ijrosini töxtatib qöydi. Iyun oyida esa AQŞ Oliy sudi uşbu farmonning amaliyotini qisman tikladi.
Ötgan yilning sentabrida Tramp yangi farmonini imzoladi. Unga köra çeklov ostidagi davlatlar röyxati özgargan, avvalgi röyxatga Venesuela, Çad, KXDR qöşilgan, röyxatdan Sudan öçirilgandi. Bu hujjat kuçga kirişiga bir kun qolganida Gonolulu sudi tomonidan bloklandi.
Ötgan yil noyabrida San-Frantsiskodagi Töqqizinçi okrug sudi (Kaliforniya ştati) farmon qisman kuçga kirişini ma'qulladi. Sud Amerika hukumati 6 musulmon davlat (Eron, Yaman, Liviya, Suriya, Somali va Çad) fuqarolari agar AQŞda qarindoşlari bölmasa, Qöşma ştatlar hududiga kirişini taqiqladi. Dekabr oyida esa Oliy sud uşbu farmonning amalga kirişini tikladi, ammo bu masaladagi muhokamalar davom etmoqda.

















