Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (OECD) ma'lumotlariga köra, fin maktablari jahon ta'lim tizimi reytingida yetakçi örinlardan birini egallaydi. Bu skandinav mamlakatining maktab öquvçilari eng yuqori bilim darajasini körsatişgan, şuningdek ular sayyoraning eng köp kitob öquvçi bolalari deb topilgan, bundan taşqari, tabiiy fanlar böyiça - ikkinçi örin va matematika böyiça beşinçi örinni band qilişgan. Biroq jurnalistlarning fin maktablariga qiziqişi bir neça boşqa şaroitlarga boğliq - u yerlik öquvçilar şunday yuqori natijalarni körsatişiga qaramay, maktabda rekord darajada kam vaqt ötkazişadi.

Finlyandiyadagi umumiy örta ta'lim ikki bosqiçli maktab ta'limini közda tutadi:
— quyi (alakoulu), 1-6 sinflar;
— yuqori (yläkoulu), 7-9 sinflar.
10-sinf qöşimça hisoblanadi. Maktab öquvçilari bu bosqiçda öz baholarini yaxşilaş va bölğusi kasblari borasida bir qarorga keliş imkoniga ega bölişadi. Maktabni tugatgandan keyin ösmirlar ikki xil variantdan birini tanlaş imkoniga ega bölişadi: professional kollejga öqişga kiriş yoki litseyda öqişni davom ettiriş (lukio).
Fin örta ta'limining 7 tamoyili
1. Tenglik
1. Maktablarda. Finlyandiyada ta'lim "kuçaytirilgan" yoki "böşroq" maktab degan tuşunçalar yöq. Hukumat proporsional moliyalaştirişni tajriba qilmoqda, barçaga birdek jihozlarni yetkazib beradi, maktab öquvçilariga esa maktabga qabul qilinişda bir xil imkoniyat beriladi. Mamlakatda deyarli barça maktablar davlat tasarrufida, faqat 10 taça maktab qisman davlatga qaraşli. Ularning farqi, qoidaga köra, öquvçilarga bölgan yuqori talabda va albatta, ota-onalar tomonidan ramziy tölovdadir. Bunday maktablar asosan öziga xos pedagogik laborotoriyalar hisoblanadi.
2. Barça predmetlarda. Boşqaça aytganda, mahalliy maktablarda bir fan ziyoniga ikkinçi fan çuqurlaştirib ötilmaydi. Masalan, bu yerda san'at matematika kabi muhim va kerakli fan hisoblanadi. Qaysidir ma'noda fin maktablarida teskari mexanizmni kuzatiş mumkin, ya'ni tasviriy san'at, musiqa, sportga moyilligi bor öquvçilar ta'lim oluvçi sinflar bor. Ularga matematika va boşqa fanlar böyiça talab u qadar qat'iy bölmaydi.













