«VKontakte» va Telegram asoschisi Pavel Durovning boyligi taxminan 1,7 mlrd dollarga baholanmoqda, deb xabar berdi Forbes jurnali. 2017 yilgi reytingda bu ko‘rsatkich 950 mln dollarni tashkil qilgan.
«Hattoki Forbes’ning eng konservativ hisob-kitoblariga ko‘ra, Telegram 1 mlrd dollardan ko‘proq turadi, uning asoschisi Pavel Durov esa – dollarli milliarder», - deyiladi Forbes materialida. Matn mualliflarining fikricha, Durovning boyligi yanada ko‘payishi mumkin – jumladan, Telegram uchun TON blokcheyn-platformasi ishga tushirilishi hisobidan.
Forbes’ning milliarderlar rasmiy ro‘yxatiga Durov hozircha kiritilmagan.











