16 fevral kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Belgiya qirolligining favqulodda va muxtor elçisi (qarorgohi Moskva şahrida) etib tayinlangan Jan-Artur Rejiboni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Vazir elçining işonç yorliqlarini qabul qilib, uni yuqori va mas'uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi.
Suhbat davomida Özbekiston — Belgiya munosabatlarini ikki va köp tomonlama şakllarda, jumladan Özbekiston — Yevropa Ittifoqi, BMT va boşqa xalqaro taşkilotlar doirasida rivojlanişning holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Uçraşuvda davlatlararo aloqalarni çuqurlaştiriş, jumladan milliy parlamentlar va taşqi siyosat idoralari darajasida munosabatlarni mustahkamlaş, Özbekiston va Belgiyaning işbilarmon doiralari örtasidagi aloqalarni kengaytiriş, madaniy-gumanitar almaşinuvlarni rivojlantiriş yuzasidan fikr almaşildi.
Dolzarb xalqaro muammolarni muhokama qiliş çoğida mintaqaviy xavfsizlik masalalari, xususan, 2018 yilning 26—27 mart kunlari Toşkent şahrida ötkaziş rejalaştirilayotgan Afğoniston böyiça xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik jarayoniga alohida e'tibor qaratildi.












