Moskva şahrida uç yil davomida qariyb 50 ta yangi metro bekati quriladi, bu maqsadga 500 mlrd rubl nazarda tutilgan. Bu haqda Moskva merining şaharsozlik siyosati va quriliş böyiça örinbosari Marat Xusnullin jurnalistlarga xabar berdi.
"Har yili qariyb 150-170 mlrd rubl miqdorida moliyalaştiriş amalga oşiriladi. Yaqin uç yil uçun byudjyetimizda bunday summa bor, bu deyarli 500 mlrd rubl", - deya aytib ötdi u.
Xusnullinning sözlariga köra, Moskvada 2018-2021 yillarda 50 ta yangi bekatni quriş rejalaştirilgan. "Faqatgina şu yilning özida biz kamida 21 ta yangi bekatni foydalanişga topşirmoqçimiz. Şuningdek, uç yilda Moskva metropolitenining Katta halqa liniyasi loyihasi böyiça asosiy işlarni yakunlaymiz", - deya qöşimça qilib ötdi u.
Moskva metrosi SSSR va Rossiyadagi birinçi hamda eng yirigi sanaladi. Moskva metropoliteni – Pekin, Tokio, Şanhay, Seul va Guançjou metropolitenlaridan söng foydalaniş intensivligi böyiça jahonda oltinçi örinni egallaydi. Ilk yönaliş 1935 yilning 15 may kuni oçilgan bölib, «Sokolniki» bekatidan «Park kultury» stansiyasiga qadar bölgan. Tizim 13 liniyadan iborat, umumiy masofa 349,6 km. Moskva metropolitenida 207 stansiya mavjud bölib, ulardan 44 tasi madaniy meros obekti hisoblanadi.












