Pyongçangdagi Olimpiadada erkaklar örtasida figurali uçiş musobaqasida qişki Olimpiadalar tarixidagi minginçi medallar şodasi uçun bellaşuv olib borildi. Bu haqda Xalqaro Olimpiya qömitasi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Musobaqada yaponiyalik sportçi Yudzuru Xanyu ğolib böldi. U qisqa va ixtiyoriy dasturlardagi iştiroki uçun umumiy hisobda 317,85 ball qölga kiritdi.
Kumuş medal yana bir yaponiyalik sportçi Sema Unoga (306,90), bronza medal ispaniyalik Xaver Fernandesga (305,24) nasib qilgan.
Xanyu Soçidagi oltin medaliga Pyongçangdagi oltin medalni qöşib qöyganidan taşqari, qişki Olimpiadalarning minginçi çempioni böldi. Uno va Fernandes mos ravişda minginçi kumuş va bronza medallari sohibiga aylandilar.
Qişki Olimpiadalar tarixida birinçi çempion 1924 yil 26 yanvarda amerikalik Çarlz Jotrou bölgan. U Fransiyada ötgan Olimpiadada konkiçilar örtasida 500 metrga yugurişda ğolib bölgan. Oçiğini aytganda, öşanda musobaqalar qişki Olimpiada maqomiga ega bölmagan. Jotrou ikki yil ötib rasman Olimpiya çempioni deb tan olingan.












