Meksikaning Oaxaka ştati rahbariyati hududda yuz bergan kuçli zilziladan keyin maktabda maşğulotlarni töxtatişga qaror qildi. Bu haqda ştat gubernatori Alexandro Murat ma'lum qildi.

16 fevral keçki payt Meksikaning Oaxaka ştatida 7,2 magnitudali zilzila yuz berdi. Zilzila öçoği 12 km çuqurlikda bölgan.

Ştat rahbariyati zilzila qurbonlarga olib kelmagani, biroq moddiy zarar yetkazganini ma'lum qilgan. Milliy seysmologiya markazining ma'lum qilişiça, asosiy zilziladan keyin yana 200 ga yaqin afterşok qayd qilingan. Ulardan birining magnitudasi 5,3 ni taşkil qilgan.

Muratning aytişiça, maktablar bunday şaroitlarda maxsus e'lon bölmagunça işlamay turadi.

Zilziladan keyin elektr energiyasiz qolgan hududlarda elektr ta'minoti deyarli tiklangan.